Sayt test rejimida

“Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” – Shahrisabz va Miraki yo‘nalishida navbatdagi tashkiliy safar

14-Iyul, 2025-yil

2025-yil 13-iyul kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari harakatining 120-yilligi munosabati bilan, ichki turizmni rivojlantirish, pedagog xodimlarning madaniy hordiq olishlari hamda mehnat samaradorligini oshirish maqsadida muhim tashabbus amalga oshirildi.

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmalari Samarqand shahar kengashi tashabbusi bilan O‘zbekiston–Finlyandiya pedagogika institutining 50 nafar professor-o‘qituvchilari uchun tarixiy va madaniy obidalarga boy Shahrisabz shahri hamda Miraki sayyohlik markaziga sayohat tashkil etildi.

Shahrisabzdagi tarixiy obidalarni ziyorat qilib, boy merosimiz bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, tabiat qo‘ynida o‘tkazilgan sayohat ularga ruhiy tetiklik, yangicha motivatsiya va ijobiy kayfiyat bag‘ishladi.

O'zbekiston kasaba uyushma Samarqand viloyat kengashi Axborot xizmati




Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech