Sayt test rejimida

YANGI O‘ZBEKISTONNING BAXTIYOR BOLALARI

31-May, 2024-yil

O‘zbekiston kasaba uyushmalari  Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi tomonidan “Yangi O‘zbekistonning baxtiyor bolalari” shiori ostida “1 iyun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan joylarda  bir qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Samarqand shahar 60-davlat ixtisoslashtirilgan  maktabgacha  ta’lim  tashkiloti hamda O‘zbekiston “SOS” bolalar mahallalari uyushmasi Samarqand filialida tashkil etildi.

Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov ishtirok etib, mamlakatimizda bolalarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar, ularga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar bo‘yicha to‘xtalib barcha bolalarni bayram bilan tadbirkladi.  Tadbirlarda ishtirok extgan 180 dan ortiq bolalarga esdalik sovg‘alari ulashildi.

Bundan tashqari turli sohalarda faoliyat ko‘rsatyoatgan ishchi xodimlarning 300 nafar farzandlarini Samarqand viloyati qo‘g‘irchoq teatri tomoshalariga tashriflari tashkil etildi. Bolalar o‘rtasida viktorinalar o‘tkazilib  turli sovg‘alar,  bolalarning ota-onasi bilan Xorazm viloyatiga tashkil etiladigan sayoxatlarga yuborish bo‘yicha sertifikatlar berildi.

Tuman va shaharlardan 450 nafar kam ta’minlangan, chin yetim va ehtiyojmand oilalar farzandlari, iqtidorli bolalarning, shuningdek xodimlar farzandlarining muzeylarga, madaniyat va istirohat bog‘lariga tashriflari tashkil etildi.

Bayram tadbirlari davom etmoqda.




Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech