Sayt test rejimida

YOZ O‘TADI SOZ

14-May, 2024-yil

Respublika bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish Departamentining tashabbusi bilan Samarqand viloyatida  12 kunlik namunaviy dastur bo‘yicha oromgoh rahbarlariga, katta tarbiyachi, tarbiyachi va yetakchilar uchun o‘quv seminari tashkil etildi. 

Ushbu  o‘quv seminarida Bolalarning dam oldirish va sog‘lomlashtirish Departamenti direktorining birinchi o‘rinbosari X.Umarov, madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi Sh.Jurayeva, Departamenting Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i F.Qilichova, Navoiy viloyat boshqarmasi  bosh mutaxassisi T.Abduraxmonovlar ishtirok etishdi.  

Yoz davomida bolajonlarimizni jismonan barkamol, milliy g‘urur hissiga qodir, aqlan pok, ma’naviy jihatdan boy etib tarbiyalanishida, maroqli dam olishida oromgohlarda faoliyat yuritadigan pedagog-xodimlarning mavsum davomida samarali faoliyat olib borishida ushbu o‘quv seminari katta ahamiyat kasb etadi.




Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech