Yurish marafoni o‘tkazildi

"O‘zbekiston kasaba uyushmalari harkatining 120 yilligi" yubileyi va 7 aprel Butun jaxon salomatlmk kuni munosabati bilan joriy yilning 10 aprel kuni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan Samarqand viloyat xokimligi, Viloyat sport boshqarmasi va bir qator tashkilot bilan hamkorlikda "Salomatlik sari" shiori ostida ommaviy yurish marafoni sport tadbiri tashkil etildi.
Ushbu ommaviy yurish marafoni sport tadbirida 420 nafardan ortiq viloyat kengashi, tarmoq kasaba uyushmalari, viloyatdagi korxona, tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan ishchi-xodimlar, sport faxriylari hamda va muassalarda ta’lim olayotgan yoshlar ishtirok etishdi. Ommaviy yurish marafoni ishtirokchilari Samarqand shahar Alisher Navoiy nomli istirohot bog‘i kirish qismidan Samarqand kinoteatrigacha borishdi va maydon bo‘ylab saflanib gimnastika mashqlarini bajarishdi.
"Salomatlik sari" shiori ostida ommaviy yurish marafoni sport tadbirlari viloyatimizning tuman, shaharlarida ham o‘tkazilmoqda.
Bundan tashqari kasaba uyushmalari tomondan turli sport musobaqalari o‘tkazilmoqda xususan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Samarqand viloyat kengashi, viloyat Sport boshqarmasi hamda Shaxmat Federatsiyasining viloyat hududiy bo‘limi bilan qilingan Qo‘shma qaror asosida, sportning shaxmat turi bo‘yicha "O‘zbekiston kasaba uyushmalari kubogi"ning tuman bosqichi, shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Samarqand viloyat kengashi, viloyat maktabgacha va maktab talimi boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda "Besh tashabbus olimpiadasi" qo‘shma qarori asosida tuman, shaharlarda sport musobaqalari o‘tkazilmoqda.