Sayt test rejimida

Zakovat – intellektual bilimlar bellashuvi

21-Avgust, 2024-yil

Samarqand tumanidagi “Safedi” bolalar oromgohida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan tarmoq kasaba uyushmalari tuman va shahar kengashlarining jamoalari o‘rtasida mamlakatimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan “Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!” shiori ostida “Zakovat” intellektual uyinining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Zakovat” intellektual uyinida tuman va shaharlarda g‘olib bo‘lgan 18 ta jamoalar bellashdilar.

🔰Qizg‘in bahs va munozaralarga boy bo‘lib o‘tgan bilimlar bellashuvi yakunida, ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toyloq tuman bo‘linmasi kengashining “Bog‘izag‘on” jamoasi 🥇1-o‘rinni,  ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Narpay tuman bo‘linmasi kengashining “Ustozlar” jamoasi 🥈 2-o‘rinni, Qo‘shrabot tumani tibboyot birlashmasi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasining “Galaktikos” jamoasi🥉3-o‘rinni egalladi.

Gʻolib jamoalar kasaba uyushmalarining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech