Sayt test rejimida

ZAKOVAT

29-Mart, 2024-yil

Kattaqo‘rg‘on shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi kengashi bo‘linmasi bilan hamkorlikda "Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z" shiori ostida Ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritib kelayotgan pedagog-xodimlar o‘rtasida “ZAKOVAT” intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Bunda shaharda mavjud 17 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi, ixtisoslashgan maktab, 5-maxsus internat, Samarkand International School  maktabi hamda SamDU Kattaqo‘rg‘on filiali jamoalari ishtirok etdilar.

O‘yin natijalariga ko‘ra, 3-o‘rin Samarkand International School  maktabi, 2-o‘rin ixtisoslashgan maktabi, 1-o‘rin 11-IDUM jamoalari faxrli o‘rinlarni egallashdi.

Gʻolib jamoalar ta’lim va fan kasaba uyushmasi kengashi bo‘linmasi tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech