O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida Narpay va Qoshrabot tumanlaridan 100 nafar nuroniylar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolar uchun Samarqand shahrining tarixiy obidalari
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida Narpay va Qoshrabot tumanlaridan 100 nafar nuroniylar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj fuqarolar uchun Samarqand shahrining tarixiy obidalari va muqaddas qadamjolariga boy mazmunli sayohat tashkil etildi. ✅Ushbu sayohat davomida nuroniylarimiz avvalo Shohi Zinda majmuasini, shuningdek Xo‘ja Doniyor ziyoratgohini va Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning qabrini ziyorat qilishdi. Shundan so‘ng ular Amir Temur maqbarasiga tashrif buyurib, ushbu tarixiy maskanning betakror me’moriy qiyofasi bilan yaqindan tanishdilar. Sayohat davomida ishtirokchilar uchun mazali tushlik tashkil etildi. ➡️Shu bilan birga, sayohat yakunida Imom Buxoriy majmuasi ziyorat qilinib, ulug‘ muhaddisning boy ilmiy merosi haqida ma’lumot olindi va mazmunli sayohat o‘z nihoyasiga yetdi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat Kengashi axborot xizmati.