Qadring baland bo‘lsin ona-tilim

Odam har qancha ko‘p tilni bilmasin, uning mukammal va tamomila o‘ziniki bo‘lgan tili faqat bitta bo‘ladi, bu, tabiiyki, uning o‘z ona tilidir.

Samarqand shahar Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan aqli zaif bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 62-sonli maktab-internatida 2022 yil 21-oktabr kuni Qadring baland bo‘lsin ona-tilim mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston tadbirkorlik, biznes va xizmat ko‘rsatish sohalari xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyati birlashgan qo‘mitasi raisi B.Aliyev Tashkiliy ishlar bo‘lim mudiri D.Mustafakulova bosh hisobchi M.Sa’dullayeva hamda Ovozi Samarqand gazetasining muxbiri Sh.Kenjayevlar ishtirok etishdi. 

Tadbirda o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan adabiy – badiiy kecha namoyish etildi. Ushbu tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchilarga, mehmonlar tomonidan sovg‘alar berildi. Hamda maktabimiz ma’muriyatiga alohida minnatdorchiligini bildirishdi. Maktab-internatimiz direktori N.Ruziyev so‘zga chiqib ona tilimizni asrab avaylashimiz kerakligi haqida o’zlarini fikr mulohazalarini aytib o‘tishdi.

Print Friendly, PDF & Email