ABU ALI IBN SINO SANATORIYSI
Abu Ali Ibn Sino sanatoriysi - qadimiy va hamisha navqiron Samarqandning Nurobod tumanida joylashgan. Bu sanatoriy asab tizimi, yurak-qon tomir, tayanch-xarakat, teri kasalliklariga duchor bo‘lgan bemorlarni davolaydi. Sanatoriyning asosiy xosiyati rodonli suvidir. Termal (37-43o C), tarkibi tabiiy rodonli (20-25 mKiG‘p), xlorid-sulfat, Natriyli, Kam ishqorli (pH-8,1) va azot gazli suvidir. Xususiyatiga ko‘ra, u mashxur Sxaltuba suviga o‘xshash. Sanatoriyning davolash va diagnostika xonalari zamonaviy tibbiyot apparatlari va uskunalari bilan jihozlangan. Sanatoriyda parhezli ovqatlanish yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Dam oluvchilar qulay ikki qavatli yotoqxona binosiga bir hamda ikki kishilik xonalarga joylashtiriladi. Yozgi va qishki klub, diskoteka, sport maydonchasi, choyxona dam oluvchilar xizmatida. Sayohat paytida sizga jahonning barcha mamlakatlaridan minglab sayyohlarni jalb etgan qadimiy Samarqandning so‘nmas obidalarini ko‘rsatishadi.
Sanatoriyda bemorlarni davolashda:
- Zamonaviy tashxislash va davolash asbob-uskunalar;
- fizioterapiya;
- parafin;
- balchiq va igna bilan davolash;
- davolash badantarbiyasi;
- uqalash;
- o‘t-giyohlardan damlamalar tayyorlash;
- ichaklarni yuvish;
- ingalyatsiya usullaridan foydalaniladi
Manzili: Samarqand viloyati, Nurobod tumani, Nurbuloq qishlog‘i
Telefon: +998955094066
Faks: +998666333475
E-mail: sihatgoh_ibnsino@mail.ru