BO‘STON SANATORIYSI
Bo‘ston sanatoriysi - Toshkent shahridan 30 km masofada, dengiz sathidan 450 metr balandlikda, "Zax” kanalining bo‘yida joylashgan. Serquyosh kunlar, shifobaxsh suv va davolovchi baliqlar asab tizimlari, yurak, qon-tomir, ginekologiya, urologiya kasalliklari bilan og‘rigan bemorlar uchun ajoyib davolash omillaridan hisoblanadi. Davolash maqsadida termal sulfat-kaltsiy, ishqorli natriy, azot minerallariga boy bo‘lgan madanli suv vannalari beriladi. Zarur diagnostika uchun ultra tovush tekshiruvi, kompyuterli EKG, rentgen xona, klinik va bioximik laboratoriya mavjud. Yotoq binolari shinam jihozlangan bir va ikki o‘rinli xonalardan iborat. Shuningdek oshxona, fitobar, klub, kutubxona, bar va sauna sizning xizmatingizda. Dam oluvchilar uchun qo‘shimcha xizmatlardan sharq choyxonasi, suratxona, ayollar va erkaklar sartaroshxonasi, aloqa bo‘limi va avtotransport turar joyi faoliyat ko‘rsatmoqda
Sanatoriyda bemorlar:
- Zamonaviy tashxislash va davolash asbob-uskunalar;
- elektronur;
- davolash badantarbiyasi va uqalash;
- psixoterapiya;
- galvanobalchiq;
- ignaterapiya;
- lazeroterapiya;
- parafin-ozokeritlar;
- parhez ovqatlanish usullari bilan davolanadilar.
Manzili:Toshkent viloyati, Qibray tumani, Baytqo‘rg‘on qishlog‘i
Telefon: +998717155083 Faks: +998717154311
E-mail: sihatgoh_buston@mail.ru