BOTANIKA SANATORIYSI
Botanika sanatoriysi iqlimli va balneologik kurort kurort, Toshkent shahridan 30 km masofada, Tyan-Shan tog‘i etaklarida, dengiz sathidan 570 metr balandlikda joylashgan. Iqlimi kontinental. Quyoshli kunlarning ko‘plig, quruq va musaffo havo iqlim bilan davolash o‘tkazishga g‘oyat qulay. Iqlim bilan birga, tabiiy davo omillari: termal xlorid-gidrokarbonad natriyli suvlari ichishga, vannalar va dushlar uchun, ichaklarni chayish va me’dani yuvish maqsadida qo‘llaniladi. Xlorid-natriyli suvlar yurak-qon tomirlari, asab tizimlari, oshqozon-ichak yo‘llari faoliyatini yaxshilashga ko‘maklashadi va arterial qon bosimi ko‘tarilishini oldini oladi. Ma’danli suvlardantashqari, Jizzax viloyatining Baliqli ko‘lidan keltirilgan shifobaxsh balchiqdan applikatsiya va galvano-balchiq bilan davolashda foydalaniladi. Serquyosh kunlar, musaffo havo, shifobaxsh suv va davolovchi balchiqlarasab tizimlari hamda oshqozon-ichak kasalliklariga chalingan bemorlar sog‘liqlarini tiklash uchun qulaydir. Turli-tuman fitochoy va vitaminli kokteyllar tayyorlash uchun fitobar mavjud. Zarur klinik va bioximik laboratoriya, shuningdek ultratovush tashxislash usullari va davolash yuqori darajaga yetgan. Yotoq binolari bir va ikki o‘rinli shinam xonalarga ega. Sanatoriyda bolalar (4-yoshdan boshlab) va ota-onalar, hamda qariyalar bo‘limlari mavjud. 6-korpusda dam oluvchilar uchun kutubxona, klub, stol tennisi, bilyard va diskoklub mavjud. Shuningdek har turdagi ekskursiyalar uyushtirilib turiladi. Qo‘shimcha xizmatlardan: sharq choyxonasi, suratxona, ayollar va erkaklar sartaroshxonasi, aloqa bo‘limi, avtotransport turar joyi va boshqa turdagi xizmatlar faoliyat ko‘rsatmoqda.