Sayt test rejimida

KOSONSOY SANATORIYSI


Kosonsoy sanatoriysi - Namangan viloyati Chotqol tog‘ tizmalari etagida, Kosonsoy daryosi bo‘yida joylashgan, iqlimiy va balneologik sanatoriydir. Sanatoriy xarakat-tayanch, yurak-qon tomir, oshqozon-ichak, a’zolari va asab tizimi kasalliklarini davolash uchun mo‘ljallangan. Asosiy davolash omillari: musaffo havoli tog iqlimi (havoda kislorod zichligi 26 foiz) va tarkibi sulfat-xlorid-gidrokarbonad-natriyli, harorati 27 gradusli tabiiy madanli suvidir. U ichish yo‘li bilan hamda mineral vannalar qabul qilish yo‘li bilan bemorlarni davolashda ishlatiladi. Tashxis qo‘yishda va davolashda zamonaviy uskunalar, klinik bioximik laboratoriya, shuningdek kardiolog, nevropatolog, ginekolog, stomatolog va boshqa mutaxassislar faoliyat ko‘rsatadilar. Yotoq xonalari shinam qilib bezatilgan, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan bir va ikki o‘rinli xonalardan iborat. Oshxonada shirin, lazzatli parhez taomlar tayyorlanadi, "vitaminli stol” tashkil etilgan. Dam oluvchilar uchun madaniyat saroyi, kutubxona va maishiy xizmat ko‘rsatish xonalari mavjud. Ekskursiyalar tashkil etiladi.

Sanatoriyda bemorlar:
- shifobaxsh balchiq;
- fizioterapiya;
- davolash badantarbiyasi va uqalash;
- fitoterapiya;
- parafin-ozokerit;
- parhez ovqatlanish usullari bilan davolanadilar.

Manzili: Namangan viloyati, Kosonsoy shahri, Xalqlar Do‘stligi ko‘chasi, 21-uy
Telefon: +998706521192
Faks: +998706521192
E-mail: sihatgoh_kosonsoy@mail.ru

Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech