SITORAI MOXI XOSA SANATORIAYSI
Sitorai moxi xosa sanatoriysi iqlimiy va balneologik kurort. U Zarafshon daryosi vohasida, dengiz satxidan 500 metr balandlikda, Buxoro shahrining sharqiy chekkasida Buxoro amirining sobiq qarorgohi hududidagi so‘lim bir maskanda joylashgan. Davolash omillaridan oqlimi va sulfat-xlorid natriyli madanli suvi hisoblanadi va ular buyrak, asab tizimi, xarakat va hazm a’zolari kasalliklarida qo‘llaniladi. Yotoq binosi bir va ikki o‘rinli shinam xonalardan iborat. Shinam oshxona, klub, sport maydonchalari, kutubxona, muzey, basseyn, sauna Sizning xizmatingizda. Buxoro shaxrining tarixiy obidalariga ekskursiyalar tashkil qilinadi.
Sanatoriyda bemorlarni davolashda:
- Zamonaviy tashxislash va davolash asbob-uskunalar;
- fizioterapiya;
- lazeroterapiya;
- shifobaxsh balchiq;
- uqalash;
- fitobar;
- davolash jismoniy tarbiya;
- parhez ovqatlanish kabi usullaridan foydalaniladi
Manzil: Buxoro shahri, Moxi Xosa mavzesi, Shifokorlar ko‘chasi, 30-uy
Telefon: +998652285026
E-mail: sihatgoh_sitora@mail.ru