ZOMIN SANATORIYSI
Zomin sanatoriysi - Jizzax viloyatidagi iqlimiy kurort, Turkiston tog‘ tizmasining shimoliy etaklarida, dengiz sathidan 2000 metr balandlikda, qo‘riqxona xududida joylashgan. Chiroyli tog‘ manzarasi, musaffo havo, quyosh nurlarining mo‘lligi, ultrabinafsha radiatsiyasining yuqoriligi iqlimiy profilaktik va terapevtik muolajalar o‘tkazishga qulay sharoitlar yaratadi. Davolash uchun ko‘rsatmalar: nafas olish a’zolari va nerv tizimi kasalliklari (funktsional). Sanatoriyda 3 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni ota-onalari bilan birga qabul qilish uchun "Ona-bola” bo‘limi tashkil qilingan. "Zomin” sanatoriysi eng yangi davolash-tashxislash apparatlari bilan jihozlangan. Asosiy davolash omili tog‘ iqlimidir. Yotoq binosi shinam, bir va ikki o‘rinli palatalardan tashkil topgan. Shu binoda klub, kutubxona, bar, bolalar uchun attraktsionlari bo‘lgan o‘yin xonalari, sport maydonchalari mavjud. Ekskursiyalar tashkil qilinadi.
Sanatoriyda bemorlar
- Zamonaviy tashxislash va davolash asbob-uskunalar;
- suv bilan davolash (sun’iy marvaridli, yod-bromli, igna bargli vannalar, dushlar, suv havzasi);
- davolash badantarbiyasi va uqalash;
- fizioterapevtik;
- torrenkur;
- sauna;
- bronxial astmali bemorlarni davolash uchun galokameradan foydalaniladi.
Manzili: Jizzax viloyati, Zomin tumani
Telefon: +998955037135
Faks: +998955047135
E-mail: sihatgoh_zomin@mail.ru