Sayt test rejimida

Kommunal soha xodimlari taqdirlandi

22-Aprel, 2024-yil

18 aprel kuni - O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni munosabati bilan joylarda qator tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. 

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi va Samarqand viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi bilan hakorlikda soha xodimlari ishtirokda tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov so‘zga chiqib, bu yo‘nalishda qabul qilingan muhim dasturlarning ijrosi aynan soha ishchi-xodimlarining mehnati, mahorati tufayli o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilayotganligini “Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni” bilan samimiy tabrikldi.

Tadbirda Sohada xizmat qilayotgan usta chilangarlar va loyihachilar, mexanik va texnologlar, ishchi va muhandislarga kasaba uyushmasi tomonidan Xorazm viloyatiga 3 kunlik bepul sayohat setifikatlari, kitoblar va estalik sovg‘alar topshirildi.

Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech