Sayt test rejimida

Tez-tez soʼraladigan savollar

Kasaba uyushmasiga a’zo bo‘lish juda oddiy. Agar siz mehnat qilayotgan korxona, tashkilot, muassasada kasaba uyushmasi tashkiloti tuzilgan bo‘lsa, kasaba uyushmasi qo‘mitasi (kasaba uyushmasi tashkilotchisi)ga ariza bilan murojaat eting. Kasaba uyushmasi qo‘mitasi (kasaba uyushmasi tashkilotining umumiy yig‘ilishi) arizangizni ko‘rib chiqib, sizni a’zolikka qabul qilish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va sizga yagona namunadagi a’zolik bileti beriladi. Kasaba uyushmasi a’zoligiga qabul qilish sanasi tegishli qaror qabul qilingan kundan hisoblanadi. Agar siz a’zolikka qabul qilingandan so‘ng bir tarmoq tizimidagi korxona, tashkilotdan boshqa tarmoq tizimidagi korxonaga ishga, tegishlicha bir tarmoq kasaba uyushmasidan boshqa tarmoq kasaba uyushmasiga o‘tsangiz, mehnat faoliyatingizni vaqtincha yoxud butunlay to‘xtatsangiz, kasaba uyushmasi tashkiloti bilan aloqani uzmaslik va a’zolik badallarini to‘lab turish sharti bilan, kasaba uyushmasiga a’zoligingiz saqlanib qolinadi. Kasaba uyushmasi a’zosi: kasaba uyushmalaridan bepul huquqiy yordam olish, davlat, sud va mulk shaklidan qat’i nazar, xo‘jalik organlarida mehnat munosabatlariga oid masalalar bo‘yicha kasaba uyushmalarining himoyasida bo‘lish; kasaba uyushmalari organlariga saylash va saylanish, yuqori kasaba uyushmalari organlariga murojaat etish; kasaba uyushmalari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarida ishtirok etish, o‘z fikrini erkin bayon qilish, o‘z faoliyatiga taalluqli masalalar ko‘rilayotgan majlis, yig‘ilish yoki konferensiyalarda shaxsan ishtirok etish; kasaba uyushmalari tasarrufidagi sanatoriy va dam olish maskanlarida o‘z salomatliklarini tiklash, farzandlarini bolalar oromgohlarida dam oldirish bo‘yicha imtiyozli yo‘llanmalar olish, kasaba uyushmalarining madaniyat muassasalari va sport inshootlaridan foydalanish huquqlariga ega. Shuningdek, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamda tarmoq kasaba uyushmasining Ustavlariga rioya etish, kasaba uyushmasi organlari qarorlarining, jamoa shartnomalari va kelishuvlarining bajarilishiga ko‘maklashish, kasaba uyushmalari faoliyatida faol ishtirok etish kasaba uyushmasi a’zosining burchi hisoblanadi.

Agar korxona, tashkilot, muassasada kasaba uyushmasi tashkiloti bo‘lmasa u qanday tuziladi? Agar Siz mehnat qilayotgan korxona, tashkilot, muassasada kasaba uyushmasi tashkiloti bo‘lmasa, kamida 5 nafar hamkasblaringiz bilan birgalikda uni tashkil etishingiz mumkin. Buning uchun qaysi tarmoq kasaba uyushmasiga kirmoqchi bo‘lsangiz o‘sha tarmoq kasaba uyushmasining ustavi bilan tanishib chiqing. Shundan so‘ng korxona (tashkilot, muassasa) mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi (umumiy yig‘ilish chaqirishning imkoni bo‘lmagan yirik korxonalarda konferensiya) o‘tkazilib, kasaba uyushmasi tashkilotini tuzish va qaysi tarmoq kasaba uyushmasi tizimiga kirish haqida qaror qabul qilinadi. Yig‘ilish (konferensiyada) shuningdek: – 15 nafargacha kasaba uyushmasi a’zosini birlashtirgan boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotida – kasaba uyushmasi tashkilotchisi, uning o‘rinbosari va g‘aznachi; – 15 va undan ortiq kasaba uyushmasi a’zolarini birlashtirgan boshlang‘ich tashkilotda – kasaba uyushmasi qo‘mitasi va (agar boshlang‘ich tashkilot alohida hisob raqamiga ega bo‘lsa) taftish komissiyasi saylanadi. Boshlang‘ich tashkilot tashkil etilgandan so‘ng o‘n kun muddatda bu haqda qaysi tarmoq kasaba uyushmasiga kirilmoqchi bo‘lsa, shu kasaba uyushmasining hududiy tashkilotiga (tuman, shahar kengashi, viloyat birlashgan qo‘mitasiga), ular bo‘lmagan taqdirda esa – kasaba uyushmasi Respublika kengashiga xabar qilinadi. Boshlang‘ich tashkilotning mazkur xati asosida kasaba uyushmasining yuqori tashkiloti boshlang‘ich tashkilotni kasaba uyushmasi xizmatiga qabul qilish, uning hisob raqamini ochish va muhrini tayyorlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Ota-onalar farzandlari uchun bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlariga imtiѐzli yo‘llanmalarni o‘zlari ishlab turgan korxona, tashkilot ѐki muassasa boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi orqali o‘rnatilgan tartibda olish imkoniga egalar. Yo‘llanma olish uchun xodim kasaba uyushma qo‘mitasi nomiga quyida keltirilgan namunada ko‘rsatilgan shakldagi ariza bilan murojaat etadi (ilova qilinadi). Oromgohga yo‘llanma olish uchun ariza xodim tomonidan sog‘lomlashtirish mavsumi boshlanishidan bir oy oldin beriladi. Arizaga xodimning pasport nusxasi hamda farzandining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi ilova qilinadi. Oromgohga 7 ѐshdan 14 ѐshgacha bo‘lgan bolalar hududiy poliklinika tomonidan berilgan tibbiy ma’lumotnoma (079/x shakl) bilan qabul qilinadi. Ishlamaydigan fuqarolar farzandlarini dam oldirish uchun oromgahlarga yo‘llanmalarni oromgohni balansda saqlovchi xo‘jalik organining kasaba uyushma qo‘mitasidan ѐki oromgohdan yo‘llanma qiymatining 100 foiz to‘lovi bilan harid qilishlari mumkin. Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari dislokatsiyasi hamda yo‘llanmalarning narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Hududiy kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmalaridan olish mumkin.

Samarqand Haftalik ob-havo ma'lumoti
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech