BILIM VA MAHORAT OSHIRILADI

22.02.2023

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi qoshida “Samarqand kasaba ziyo” nodavlat ta’lim muassasasida besh kunlik malaka oshirish mashg‘ulotlari boshlandi. Markaz rejasida boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari, tashkilot va mussasalarda mehnat muhofazasi uchun mas’ul xodimlarining mamlakatimizda qabul qilingan 5 yillik rivojlanish dasturning mazmuni va mohiyati, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi mohiyati va ahamiyati, O‘zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonunini amaliyotda qo‘llash, Mehnatni muhofaza qilish qoidalarga amal qilinishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil…

Батафсил >>

FAOLIYAT TAHLILI

14.02.2023

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashida viloyat kengashi III-Majlisi hamda viloyat kengashi ijroiya qo‘mitasining 7-yig‘ilishi onlayn tarzida bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov olib bordi. Yig‘ilishda ijroiya qo‘mita a’zolari, viloyat kengashining bo‘lim mudirlari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika Kengashlarining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilari, tuman va shahar kengashlari raislari hamda yirik boshlang‘ich tashkilotlar raislari ishtirok etdi. Dastlab yig‘ilishda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashining 2022 yil davomidagi faoliyati…

Батафсил >>

XODIMLARNING HUQUQLARI TIKLANDI

10.02.2023

Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasining reanimasiya bo‘limida ishlovchi 11 nafar pensiya yoshidagi xodimlar ish beruvchi tomonidan asossiz ravishda ishga qo‘yilmayotganliklari va ish joylariga qaytarishni so‘rab kasaba uyushmalariga murojaat qilishdi. Murojaat, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi mehnat texnik inspektori U.Karimov, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyati kengashi raisi M.Boboyorov, tarmoq kasaba uyushmasi mehnat huquq inspektori Gʻ.Rustamov, “Ishonch” gazetasining Samarqand viloyati bo‘yicha muxbiri N.Shamsiyevlar tomonidan Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasi…

Батафсил >>

Sarhisob va yangi vazifalar

06.02.2023

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi Kengashining navbatdagi III Plenumi 2023 yil 4 fevral kuni bo‘lib o‘tdi. Plenumda kengash a’zolari, kasaba uyushma boshlang‘ich tashkilot raislari ishtirok etdilar. Plenum ishi O‘zbekiston Ryespublika Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan vazifalarning mazmun-mohiyatini muhokamasi, ta’lim xodimlari oldiga qo‘yilgan talablarning ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rib chiqish bilan boshlandi. Shundan so‘ng Plenum kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Plenumdagi…

Батафсил >>