
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi Kengashining navbatdagi III Plenumi 2023 yil 4 fevral kuni bo‘lib o‘tdi.
Plenumda kengash a’zolari, kasaba uyushma boshlang‘ich tashkilot raislari ishtirok etdilar. Plenum ishi O‘zbekiston Ryespublika Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan vazifalarning mazmun-mohiyatini muhokamasi, ta’lim xodimlari oldiga qo‘yilgan talablarning ijrosini ta’minlash choralarini ko‘rib chiqish bilan boshlandi.

Shundan so‘ng Plenum kun tartibidagi masalalar ko‘rib chiqildi. Plenumdagi birinchi masala yuzasidan tuman bo‘linmasi kengashi raisi A.Kenjayevning hisoboti eshitildi. Hisobot yuzasidan 50-maktab boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi T.Nurov, 6-maktab boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi T.Sanaqulov va 54-maktab boshlang‘ich kasaba uyushmasi raisi F.Ro‘ziboyevalar so‘zga chiqib, tuman bo‘linmasi kengashining 2022 yildagi faoliyatiga baho berdilar.


Tuman bo‘linmasi kengashi va ijroiya qo‘mita tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Shuningdek, ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Kattaqo‘rg‘on tuman bo‘linmasi kengashi taftish komissiyasi raisi A.Xoliqulovning hisoboti tenglandi va internet tarmoqlarda kenga muxokamalarga sabab bo‘layotgan xolatlar bo‘yicha fikr-muloxazalar bildirildi. Tadbir jarayonida kasaba uyushma hayotida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarga faxriy yorliq va estalik sovg‘alari topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: