
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi qoshida “Samarqand kasaba ziyo” nodavlat ta’lim muassasasida besh kunlik malaka oshirish mashg‘ulotlari boshlandi.

Markaz rejasida boshlang‘ich kasaba uyushma tashkilotlari raislari, tashkilot va mussasalarda mehnat muhofazasi uchun mas’ul xodimlarining mamlakatimizda qabul qilingan 5 yillik rivojlanish dasturning mazmuni va mohiyati, yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi mohiyati va ahamiyati, O‘zbekiston Respublikasining «Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonunini amaliyotda qo‘llash, Mehnatni muhofaza qilish qoidalarga amal qilinishi ustidan jamoatchilik nazoratini tashkil etish, O‘zbekistonda bolalar mehnati va majburiy mehnatni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar, jamoa shartnomalarini qonunan boyitishga doir darslar o‘rin olgan.
Ilk mashg‘ulotda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikovni “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti” va “Samarqand kasaba ziyo” nodavlat ta’lim muassasasi faoliyati hamda bugungi kunda Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar to‘g‘risidagi fikrlari tinglandi.
Shuningdek, viloyat kengashining mas’ul xodimlari M.Mamadiyorov, U.Karimov, Z.Mamatqulova, Gʻ.Rustamovlar qonunchilikdagi o‘zgarishlarga bag‘ishlangan maruzalari bilan ishtirok etishdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: