Paxtachida ayollar sharoiti qanday?

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov Paxtachi tumanida “Navro‘z” bayrami arafasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar ahvoli bilan tanishdi.

Tumanda  “Ayollar daftari”ning 4-bosqichi xatlov jarayonlari yakunlari, individual dasturlar to‘ldirilishi, “Ayollar daftariga kirgan” xotin-qizlarga berilishi kerak bo‘lgan ishlar tahlil  qilindi. Ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan mas’ul xodimlarga zarur tavsiyalar berildi.

Shunda so‘ng tuman hokimligida xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tumandagi bir guruh ehtiyojmand xotin-qizlarga tikuvchilik bilan shug‘ullanishlari uchun tikuv mashinalari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email