Munosiblar taqdirlandi

O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Payariq tuman bo‘linmasi Kengashi tomonidan 22-iyun kuni «Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» ko‘rik-tanlovi tuman bosqichi o‘tkazildi.

“Barkamol avlod” bolalar markazi zalida bo‘lib o‘tgan g‘oliblarni taqdirlash tadbirida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari  Respublika kengashi  Mehnat muxofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Samarbekov Davronbek, tuman bo‘linmasi kengashi raisi Narzullayev Abdujabborxon,  tuman bo‘linmasi Kengashi ijroiya qo‘mitasi a’zolari va boshlang‘ich tashkilotlar raislari ishtirok etdilar.

Komissiya a’zolari tomonidan tuman boskichi goliblari aniklanib, tanlov g‘oliblar tuman bo‘linmasi Kengashi tomonidan esdalik sovg‘alari hamda Diplom bilan takdirlandilar.

Tuman boskichida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 100 nafardan ortiq kasaba uyushma a’zolari bo‘lgan 84-umumta’lim maktabi boshlang‘ich tashkiloti hamda 100 nafardan kam kasaba uyushma a’zolari bo‘lgan “Barkamol avlod” bolalar markazi boshlang‘ich tashkilotlari  Viloyat bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanma oldilar.

Print Friendly, PDF & Email