
Samarqand shahridagi Mo’jiza bazmgohida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi hamda Nuroniy jamg’armasi viloyat bo’limi hakorlikda tashkil etilgan «Keksalar gurungi» nomli tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad davlat va jamoat tashkilotlarida uzoq yillar samarali mehnat qilgan bir guruh Faxriy va Nuroniylar otaxon va onaxonlarni ma’naviy va moddiy qo‘llab quvvatlash, ularning holidan xabar olish, ehtirom bildirish, ko‘nglini ko‘tarish, xursandchilik va yuqori kayfiyat shu bilan birga ularga xamisha e’zozda ekanliklarini xis qilish tuyg‘ularini baxsh etish ko‘zlandi.

Tadbirda Nuroniy jamg’armasi Respublika boshqaruv raisi Sodiqjon Turdiyev ishtirok etib tadbir ishtirokchilariga ezgu tilaklarini bildirdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: