
Paxtachi tumanida xotin-qizlarning muammolarini o‘rganish va hal etish, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Viloyat kasaba uyushmasi tashkilotlari birlashmasi va tuman hokimligi hamkorligida tumandagi 31 nafar muhtoj xotin-qizlarning har biriga uy-joylarini ta’mirlash uchun 34 donadan shifer va boshqa qurilish materiallari, tikuvchilik bilan shug‘ullanish istagini bildirgan 14 nafar xotin-qizga tikuv mashinasi, kam ta’minlangan 4 xonadonga muzlatkich, 2 oilaga gaz plitasi hamda bir oilaga mikro to‘lqinli pech topshirildi.


zarnews.uz dan olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: