MUNOSIBLAR MUKOFOTLANDI

Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Samarqand viloyati kengashi tomonidan “Xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash” bo‘yicha viloyatda o‘tkazilgan tanlov yakunlariga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tanlovni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Samarqand viloyati kengashi raisi Rafikov Suxrob Abdugafarovich boshqarib bordi.

Unda Respublika tanlovining Samarqand viloyati bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan ishtirokchilarga kasaba uyushmalari tomonidan “Eng yaxshi sektor rahbari” nominasiyasida 2-o‘rin olgan Samarqand shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Ibragimov Ismatjon Nigmatovichga 10 mln so‘m, 3-o‘rin olgan Jomboy tumani prokurori Axmedov Jamshed Jabbarovichga 5 mln so‘m, 3-o‘rin olgan Pastdarg‘om tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i Axmedov Asatulla Berdaliyevichga 5 mln so‘m, “Eng yaxshi mahalla raisi” nominasiyasida 2-o‘rin olgan Paxtachi tumani “Farovon yo‘ldoshobod” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Saparov Ma’rufjon Eshonkulovichga 5 mln so‘m, 3-o‘rin olgan Bulung‘ur tumani “Mingchinor” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Allayarova Saodatga 3 mln so‘m, “Eng yaxshi hokim yordamchisi” nominasiyasida 2-o‘rin olgan Bulung‘ur tumani “Mingchinor” mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi Murodov Sirojddin Sobir o‘g‘liga 5 mln so‘m, 3-o‘rin olgan Kattaqo‘rg‘on shahar “Yermachit” mahalla fuqarolar yig‘ini hokim yordamchisi Raximova Feruza Shavkatovnaga 3 mln so‘m, “Eng yaxshi xotin-qizlar faoli” nominasiyasida 2-o‘rin olgan Payariq tumani “Toshhovuz” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli Nurmonova Moxichexra Norboyevnaga 5 mln so‘m, 3-o‘rin olgan Bulung‘ur tumani “Mehrjon” mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlar faoli Boymirzayeva Adliya Xolmurodovnaga 3 mln so‘m, “Eng yaxshi yoshlar yetakchisi” nominasiyasida 2-o‘rin olgan Jomboy tumani “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Gʻaffarova Nargiza Tursunboy qiziga 5 mln so‘m, 3-o‘rin olgan Kattaqo‘rg‘on tumani “Moybuloq” mahalla fuqarolar yig‘ini yoshlar yetakchisi Baxromova Sarvinoz Toxir qiziga 3 mln so‘m, “Eng yaxshi ish beruvchi ayol” 2-o‘rin olgan Tayloq tumani “Amonova Lobar Abduxalimovna” OK rahbari Amonova Lobar Abduxalimovnaga 5 mln so‘m, 3-o‘rin olgan Urgut tumani “Zarina sifat tekstil” MCHJ rahbari Rasulova Zarina Sayfullayevnalarga 3 mln so‘m pul mukofoti hamda sertifikatlar topshirildi.

Ushbu tanlovning viloyat bosqichida mutlaq g‘olib bo‘lgan nomzodlar esa joriy yilning oktyabr oyi oxirida o‘tkaziladigan Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Tanlovning Respublika bosqichida yuqoridagi nominasiyalar bo‘yicha 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan nomzodga «Spark» avtomobili, 2-o‘rin sohibiga «Kobalt» avtomobili, 1-o‘rin g‘olibiga esa «Jentra» avtomobili taqdim etiladi.

Mukofotlar 11-noyabr “O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan tantanali ravishda topshiriladi.

Print Friendly, PDF & Email