
Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashida tashkillashtirilgan tadbirda Samarqand ijodkorlari, ziyolilari, kasaba uyushma faollari va gazeta mushtariylari qatnashdilar.

Tadbirni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Rafikov Suxrob Abdugafarovich ochib berarkan, gazetaning keyingi bir yillik faoliyatiga to‘xtaldi. O‘zbekiton kasaba uyushmalari Fyederatsiyasining muassisligada chiqayotgan gazeta salohiyati tobora oshib borayotganligi, unda chiqayotgan tanqidiy va tahliliy maqolalar joylardagi muxbirlarga ham bog‘liqligi to‘g‘risida so‘z yuritdi.


Tadbirda gazetalar mushtariylarga tezkor yetkazilishi hamda boshqa qulayliklar yaratish uchun viloyat kengashi tomonidan bajariladigan ishlar, gazetada chiqayotgan maqolalarni mazmun mohiyatiga, ko‘proq kasaba uyushmalari tomonidan qilinayotgan ishlar to‘g‘risida maqolalar chop etish yuzasidan gazetaning viloyatdagi muxbiri Nurullo Shamsiyev bilan kelishib olindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: