XODIMLARNING HUQUQLARI TIKLANDI

Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasining reanimasiya bo‘limida ishlovchi 11 nafar pensiya yoshidagi xodimlar ish beruvchi tomonidan asossiz ravishda ishga qo‘yilmayotganliklari va ish joylariga qaytarishni so‘rab kasaba uyushmalariga murojaat qilishdi.

Murojaat, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi mehnat texnik inspektori U.Karimov, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyati kengashi raisi M.Boboyorov, tarmoq kasaba uyushmasi mehnat huquq inspektori Gʻ.Rustamov, “Ishonch” gazetasining Samarqand viloyati bo‘yicha muxbiri N.Shamsiyevlar tomonidan Pastdarg‘om tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i D.Kamolova ishtirokida tegishlicha ushbu holatga  aloqador guvohlar bilan birgalikda har tomonlama, guvohlarning ko‘rsatmalari va boshqa dalillarni hisobga olgan holda o‘rganildi.

Kasaba uyushmalarning aralashuvi bilan tuman tibbiyot birlashmasida ishlovchi 11 nafar xodim (ayollar) larning mehnatga oid munosabatlari himoyalanib, ularning huquqlari tiklandi.

Usmon Karimov , O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi mehnat texnik inspektori

Print Friendly, PDF & Email