
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashida viloyat kengashi III-Majlisi hamda viloyat kengashi ijroiya qo‘mitasining 7-yig‘ilishi onlayn tarzida bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishni viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov olib bordi.
Yig‘ilishda ijroiya qo‘mita a’zolari, viloyat kengashining bo‘lim mudirlari, tarmoq kasaba uyushmalari Respublika Kengashlarining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilari, tuman va shahar kengashlari raislari hamda yirik boshlang‘ich tashkilotlar raislari ishtirok etdi.

Dastlab yig‘ilishda “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashining 2022 yil davomidagi faoliyati yakunlari hamda 2023 yildagi ustuvor vazifalari to‘g‘risidagi axborotini viloyat kengashi raisi o‘rinbosari Bekzod Urolboyev o‘qib eshittirdi.
Yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan bir qator masalalar Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Kattaqo‘rg‘on shahar, Paxtachi, Narpay, Kattaqo‘rg‘on, Oqdaryo tuman kengashlari, Transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Samarqand viloyat kengashi tizimidagi korxona, tashkilot va muassasalarda O‘zbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni talablarining bajarilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Urgut, Jomboy, Nurobod tuman kengashlarida “Kasaba uyushma badallarini taqsimlash, kasaba uyushma byudjeti mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish” bo‘yicha ulardan belgilangan tartibda foydalanishning axvolini o‘rganish to‘g‘risida hamda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” dasturi ijrosini ta’minlash bo‘yicha 2022 yil davomida olib borilgan ishlar to‘g‘risida mas’ullarni axborotlari tinglandi va atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilishda viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov so‘zga chiqib 2022 yilda bajarilgan ishlar hamda 2023 yilda kasaba uyushmalari tomonidan qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar mohiyatiga to‘htalib, tarmoq kasaba uyushmalari viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchilari hamda tuman va shahar kengashlari raislari 2022 yildagi faoliyatlari tahlil qilinib, ayrim tarmoq kasaba uyushmalari tuman va shahar kengashlari ish uslublari qoniqarsiz ekanliklari ta’kitlandi.

2023 yilda yangicha ishlash tizimiga o‘tish, kasaba uyushmalarida reyting tizimini joriy etilishi, tarmoq kengashlari tomonidan nodavlat sektorlarini kasaba uyushmalariga jalb etish, ishchi xodimlarni haq huquqlarini himoya qilish, sog‘lomlashtirish, ichki turizmga jalb etish, mehnat muxofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish, xodimlarni buzulgan xaq huquqlarini tiklashda ko‘rsatgan yordamlarini inobatga olgan holda ushbu reyting tizimida faoliyati baholab borilishi tushuntirib berildi.
Kun tartibidan o‘rin olgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: