
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi Suxrob Rafikov Paxtachi tumanida “Navro‘z” bayrami arafasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar ahvoli bilan tanishdi.

Tumanda “Ayollar daftari”ning 4-bosqichi xatlov jarayonlari yakunlari, individual dasturlar to‘ldirilishi, “Ayollar daftariga kirgan” xotin-qizlarga berilishi kerak bo‘lgan ishlar tahlil qilindi. Ushbu yo‘nalishda faoliyat olib borayotgan mas’ul xodimlarga zarur tavsiyalar berildi.

Shunda so‘ng tuman hokimligida xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Tumandagi bir guruh ehtiyojmand xotin-qizlarga tikuvchilik bilan shug‘ullanishlari uchun tikuv mashinalari topshirildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: