
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi tomonidan sohadagi amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar bilan bevosita tanishtirish maqsadida viloyatda faoliyat olib borayotgan jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi raisi Suxrob Rafikov, kengash xodimlari hamda Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.


Tadbir davomida Ommaviy axborot vositalari xodimlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilotlar” ko‘rik tanlovida ishtirok etib tadbir o‘tkzilish shartlari, ishtirok etayotgan boshlang‘ich tashkilotlarning bajargan ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Shundan so‘ng viloyat kengashi majlislar zalida jurnalist va blogerlar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuvda viloyat kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z yuritildi. Jumladan Yozgi bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini mazmunli o‘tkazish bo‘yicha qilinayotgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: