“Kasaba uyushmalari tizimida murojaatlar bilan ishlashni takomillashtirish” to‘g‘risida o‘quv-seminar

Joriy yilning 15 maydan 19 maygacha “O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining malaka oshirish instituti” nodavlat ta’lim muassasasida tarmoq kasaba uyushmalari Respublika kengashlari, Navoiy tog‘ kon metallurgiya kombinati xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi va Federasiyaning hududiy Kengashlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha bosh mutaxassislarining malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv seminarlar bo‘lib utdi.

Mazkur seminarlarda «2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi” ijrosini ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining dasturida belgilangan vazifalar», «O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari to‘g‘risida”gi Qonuni to‘g‘risida», «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash shoʻbasining maqsad va vazifalari», «O‘zbekiston Respublikasining yangilangan Konstitusiyasi to‘g‘risida», «Kasaba uyushmalari faoliyatini ommaviy axborot vositalari va rasmiy veb-saytlarda yoritilishini tashkil etish» va hokazo mavzular bo‘yicha treninglar tashkil qilingan.

Print Friendly, PDF & Email