Biz sportchi qizlarmiz

Joriy yilning 22-23 may kunlari Samarqand shahridagi Sport o‘yinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining “Biz sportchi qizlarmiz” shiori ostida o‘tkazilayotgan sport maktablarining ayol xodimlari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha an’anaviy musobaqasining Respublika 2-hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikas, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarining jamoalari jamoa ishtirok etdilar. Musobaqa Nizomiga muvofiq jamoalar aylanma shaklda bahslar olib bordilar.

Musobaqada belgilangan o‘yinlar murosasiz tarzda kechib har bir jamoaning uchrashuvi qiziqarli bahslarga boy bo‘ldi. Sport musobaqasi ishtirokchilari uchun tashkiliy qo‘mita tomonidan ikki kunlik Samarqand shahri bo‘ylab sayohatlar uyushtirildi. Musobaqaning ikkinchi kuni kechki payt Samarqand shahrida joylashgan “Bog‘ishamol Garden” dam olish maskanida musobaqa ishtirokchilarini taqdirlash tadbiri o‘tkazildi. Tadbirga O‘zbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi Sh.Dehqonov, O‘zbekiston Oliy Majlisi senati a’zosi, senator F.Toshev, Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari R.Qobilov, Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi boshlig‘i M.Ixtiyorov, Samarqand viloyati Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Sh.Ro‘ziyev va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Samarqand viloyat kengashi raisi S.Rafikovlar ishtirok etishib, sport musobaqasi ishtirokchilarini taqdirlashdilar.

Musobaqa yakuniga ko‘ra sportchilar quyidagi natijalarni qayd etishdi.

1-o‘rin Samarqand viloyati jamoasi

2-o‘rin Buxoro viloyati jamoasi

3-o‘rin Xorazm viloyati jamoasi ishtirokchilariga nasib etdi.

Barcha sport musobaqasi ishtirokchilariga tashkiliy qo‘mita tomonidan tashkil etilgan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdilar.

Print Friendly, PDF & Email