1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”

O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi ko’p ming sonli, ko’p millatli kasaba uyushmalari jamoasi nomidan yurtimizdagi barcha bolajonlarni “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan samimiy muborakbod etamiz.

Bolalar hayotimiz davomchilari, ertamiz egalaridir. Ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir.

Aziz bolajonlar barchangizga sog’lik, omonlik tilaymiz. O’qib o’rganib kelajakda yurtimizga fidoiy farzand bo’lib yetishigizga tilakdoshmiz.

Hurmat bilan!
Suxrob Rafikov, O’zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi, viloyat Kengashi deputati.

Print Friendly, PDF & Email