MAVSUM SOZ O‘TADI

Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumining alohida xususiyatlari bor. Maroqli, mazmunli hordiqni tashkil etish barobarida, xavfsizlik qoidalariga qa’tiy amal qilish ham talab etiladi.

O‘zbeksiton kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi hamda Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamentining Samarqand viloyat boshqarmasi, hamkor tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari ishtirokida 2023 yilgi yozgi bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadida Samarqand tumanidagi “Safedi” oromgohida seminar tashkil etildi.

Joriy mavsum viloyatimizdagi 82 ta oromgohlar faoliyat yuritadi. Ularda 22650 nafar bolalar sog‘lomlashtiriladi. Shundan, 16 ta statsionar oromgohlarda 9475 nafar bolalarni dam oldirish rejalashtirilgan. Jumladan, 2023 yilning yoz mavsumi davomida Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tizimidagi oromgohlarida 7900 nafarga yaqin 7 yoshdan 14 yoshgacha bo’lgan bolalarni sog’lomlashtirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, 66 ta kunduzgi oromgohlarda 13980 nafar bolalarni dam oldirish ham nazarda tutilmoqda.

Viloyatdagi oromgohlarning asosiy qismi tog‘li hududlarda joylashganligi hamda ob-xavo salqinligini hisobga olib, birinchi smenaga bolalarning kelishi 12 iyundan boshlanib, 23 iyungacha davom etadi.

 

Tabiat qo‘yni, tog‘ etak va yon bag‘rilarida joylashgan bolalar oromgohlarida har bir yumushga jiddiy e’tibor qaratilmog‘i shart. Mavsum, sog‘liqni saqlash, yong‘in xavfsizligi, ichki ishlar va boshqa bir qator soha mutasaddilaridan alohida mas’uliyat talab etadi.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Samarqand viloyat kengashi raisi ishtirok etgan seminarda, tashkiliy bosqichning so‘ngi jarayonlari, hal etilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar muhokama etildi.

 

 

Print Friendly, PDF & Email