BAXTLI BOLALIK

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi tomonidan Samarqand tumanidagi “Safedi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgoxida 12-iyun — “Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi raisi Suxrob Rafikov ochib berdi.

Tadbir davomida, iqtidorli bolalar ishtirokida rasm chizish, rasmlar ko‘rgazmasi, sport musobaqalari, sport va san’at sohalarida yuqori natijalarga qo‘lga kiritib kelayotgan shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Tadbirda oromgox ishchi va xizmatchi xodimlari, oromgoxda dam olayotgan yoshlar mehnat muhofazasi va bola huquqlari borasida slayd va roliklardan foydalanilgan holda bolalar mehnati oqibatlari xususida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Tadbir yakunida sportning shaxmat, shashka, stol tenisi, futbol, valeybol, rasm chizish musobaqalari g‘oliblari kasaba uyushmalarining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email