
Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Samarqand viloyati kengashi hamda Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali hamkorligida Siyob Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi sport zalida Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali xodimalari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.


Ushbu sport musobaqasida 10 ta jamoa 90 nafar xodimalar ishtirok etdi. Musobaqada 1-o‘rinni Samarqand shahar 2-son tez yordam bekati, 2-o‘rinni Samarqand shahar 3-son tez yordam bekati va 3-o‘rinni Jomboy tuman tez yordam bekati g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Gʻoliblar tez tibbiy yordam viloyat filiali kasaba uyushmasi birlashgan qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘a va diplomlar bilan taqdirlanishdi.
Spelling error report
The following text will be sent to our editors: