O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi tomonidan sohadagi amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar bilan bevosita tanishtirish maqsadida viloyatda faoliyat olib borayotgan jurnalist va blogerlar uchun press-tur tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi raisi Suxrob Rafikov, kengash xodimlari hamda Ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi. Tadbir davomida Ommaviy axborot vositalari xodimlari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi tizimidagi boshlang‘ich tashkilotlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Eng namunali boshlang‘ich tashkilotlar” ko‘rik…
NURONIYLAR E’ZOZDA
Samarqand shahridagi Mo’jiza bazmgohida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi hamda Nuroniy jamg’armasi viloyat bo’limi hakorlikda tashkil etilgan «Keksalar gurungi» nomli tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad davlat va jamoat tashkilotlarida uzoq yillar samarali mehnat qilgan bir guruh Faxriy va Nuroniylar otaxon va onaxonlarni ma’naviy va moddiy qo‘llab quvvatlash, ularning holidan xabar olish, ehtirom bildirish, ko‘nglini ko‘tarish, xursandchilik va yuqori kayfiyat shu bilan birga ularga xamisha e’zozda…
Hurmatli matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari!
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi ko‘p ming sonli, ko‘p millatli jamoasi nomidan 27-iyun “Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etamiz. Barchangizga sihat-salomatlik, ezgu faoliyatingizda yutuq va omadlar, oilaviy baxt, xonadoningizga tinchlik-xotirjamlik tilaymiz. Hurmat bilan, Suxrob Rafikov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari F
Sport sog‘lik garovi
Bugun O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Samarqand viloyati kengashi hamda Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali hamkorligida Siyob Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatlik texnikumi sport zalida Respublika tez tibbiy yordam markazi Samarqand viloyati filiali xodimalari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu sport musobaqasida 10 ta jamoa 90 nafar xodimalar ishtirok etdi. Musobaqada 1-o‘rinni Samarqand shahar 2-son tez yordam bekati, 2-o‘rinni Samarqand shahar 3-son tez…
Munosiblar taqdirlandi
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Payariq tuman bo‘linmasi Kengashi tomonidan 22-iyun kuni «Eng namunali boshlang‘ich tashkilot» ko‘rik-tanlovi tuman bosqichi o‘tkazildi. “Barkamol avlod” bolalar markazi zalida bo‘lib o‘tgan g‘oliblarni taqdirlash tadbirida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari Respublika kengashi Mehnat muxofazasi bo‘yicha bosh mutaxassisi Samarbekov Davronbek, tuman bo‘linmasi kengashi raisi Narzullayev Abdujabborxon, tuman bo‘linmasi Kengashi ijroiya qo‘mitasi a’zolari va boshlang‘ich tashkilotlar raislari ishtirok etdilar. Komissiya a’zolari tomonidan tuman boskichi goliblari…
BAXTLI BOLALIK
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi tomonidan Samarqand tumanidagi “Safedi” bolalar sog‘lomlashtirish oromgoxida 12-iyun — “Butunjahon bolalar mehnatiga qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Tadbirni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyati kengashi raisi Suxrob Rafikov ochib berdi. Tadbir davomida, iqtidorli bolalar ishtirokida rasm chizish, rasmlar ko‘rgazmasi, sport musobaqalari, sport va san’at sohalarida yuqori natijalarga qo‘lga kiritib kelayotgan shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Tadbirda oromgox ishchi va xizmatchi xodimlari, oromgoxda…
MAVSUM SOZ O‘TADI
Yozgi sog‘lomlashtirish mavsumining alohida xususiyatlari bor. Maroqli, mazmunli hordiqni tashkil etish barobarida, xavfsizlik qoidalariga qa’tiy amal qilish ham talab etiladi. O‘zbeksiton kasaba uyushmalari Federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi hamda Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamentining Samarqand viloyat boshqarmasi, hamkor tashkilotlar va ommaviy axborot vositalari ishtirokida 2023 yilgi yozgi bolalarni dam oldirish va sog‘lomlashtirish mavsumini uyushqoqlik bilan tashkil etish maqsadida Samarqand tumanidagi “Safedi” oromgohida seminar tashkil etildi. Joriy mavsum viloyatimizdagi…
1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”
O’zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Samarqand viloyat kengashi ko’p ming sonli, ko’p millatli kasaba uyushmalari jamoasi nomidan yurtimizdagi barcha bolajonlarni “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan samimiy muborakbod etamiz. Bolalar hayotimiz davomchilari, ertamiz egalaridir. Ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir. Aziz bolajonlar barchangizga sog’lik, omonlik tilaymiz. O’qib o’rganib kelajakda yurtimizga fidoiy farzand bo’lib yetishigizga tilakdoshmiz. Hurmat bilan!Suxrob Rafikov, O’zbekiston kasaba uyushmalari…






Spelling error report
The following text will be sent to our editors: